Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Закрыто

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 08.11.2009 06:00   #61  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

E’tibor bersangiz, “Og`zingga qarab gapir!” degan ta’nani aytmagan og`iz, eshitmagan quloq qolmagan hisobi.

ALVASTI GAP
Alvasti gap aytardi,
Qorong`ida alvasti.
Alvastidan battarroq
O`zi edi-ku asti.

ALDAYDIGAN GAP
Rost gapimiz qancha bo`lsa,
Aldaydigan gap shuncha.
Hammasini bilaman, deb
Meni aldama muncha.
"+" от:
Старый 09.11.2009 02:42   #62  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Shuncha ta’na-dashnomlarga qaramasdan, ming afsuski, og`ziga qaramay vaysayotganlar hech qachon kamaymaydi. Kurrai zaminni yagona axborot makoniga aylantirgan axborot asrida unaqalar, ya’ni, xalq iborasi bilan aytganda – og`ziga kuchi etmaydiganlar ko`paymoqda.

ALDAM-QALDAM GAP
Aldam-qaldam gaplar bilan,
Bitirmagin ishingni.
Misi chiqib qolsa bormi,
Sindiradi tishingni…

ALJIRAGAN GAP
Tirmizakka bu erda,
Ichishga ne balo bor?
Aljiragan gapiga,
Javob bersin nobakor.
"+" от:
Старый 10.11.2009 07:47   #63  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Ular zamonaviy axborot vositalari – radio, televidenie, internet, audio va video mahsulotlari orqali dunyo miqyosida bo`lmag`ur mish-mishlar tarqatib, osoyishta hayotimizga raxna solishga urinayotganlaridan aslo ko`z yumib bo`lmaydi...

ALKASh-ChALKASh GAP
Aljiraydi kechadan beri,
Balki unga biror jin tekkan?
Tushunmadim, alkash-chalkash gap,
O`zi nima demoqchi ekan?

ALLA
Yarmi shirin gaplardir,
Yarmi qo`shiq allamiz.
Chaqib olsak mag`zini,
Yaxshi ishlar kallamiz.
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 10.11.2009 23:39   #64  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Qirg`inbarot urushning oldini oladigan qudratli kuch – muzokara va unda topib aytiladigan hayotbaxsh gaplar!

ALLALOVChI GAP
Ma’shuqamning dil so`zi,
Allalovchi gap ekan.
Aldamasa bo`lgani,
Ikkimizga naf ekan.

ALLAMBALO GAP
Allambalo gaplarni,
Qalashtirib yuradi.
Yolg`oni oshkor bo`lsa,
Momosini ko`radi…
2 "+" от:
Старый 12.11.2009 00:52   #65  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Ona sayyoramizni balo-qazodan asraydigan kuch – yaxshi gap! Buyuk adib Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, so`z – atomdan kuchli! Demak, biror gap-so`zga beparvo qarab bo`lmaydi!

ALMISOQDAN QOLGAN GAP
Almisoqdan qolgan gapni,
Qo`zg`ab qoldi ne uchun?
Eski dardni qo`zg`ash bilan,
Ko`rsatmoqchi-da kuchin…

ALOMAT GAP
Aytishuvda yigitlar,
Javob qaytarar arang.
Qiz alomat ekan-da,
Alomat gapin qarang.
"+" от:
Старый 13.11.2009 01:37   #66  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Gapning siyosiy ahamiyati shu qadar ulkanki, dilingdagini bemalol gapirish mumkin bo`lgan davlatlarnigina dunyo – demokratik mamlakat deb tan oladi! Xudoga shukr, tilimiz, binobarin, gapimiz qonun himoyasida!

ALOQADOR GAP
Aloqador shu ishga,
Aloqador gapi ham.
Ne qiladi bosh suqib,
Unga hali bu ham kam.

ALOQASI YO`Q GAP
Unga buncha quloq tutasan,
Aloqasi yo`q gap, dedi-ku.
Aloqasi bo`lganida gar,
Senga ochiq aytar edi-ku.
"+" от:
Старый 13.11.2009 23:47   #67  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Qalbimizda jo`sh urgan gaplar tilimizda mudom jaranglab turmasa, u “zanglagan temir”dek iste’moldan chiqib qolishi hech gapmas. Shundoq ham ko`p so`zlarimiz iste’moldan chiqib ketayotgani afsuslanarlidir.

ALOHIDA GAP
Alohida gap aytdi,
Sekingina xonada.
Shunaqa gap hamisha,
Aytiladi panada.

ALQAYDIGAN GAP
Kimga qandoq munosabatni,
Nazarimda endi bilibsan.
Alqaydigan gap aytgan bo`lsa,
Demak, savob ishlar qilibsan.
"+" от:
Старый 16.11.2009 00:12   #68  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

O`zaro suhbatlarda ba’zi gap-so`zlar ayqash-uyqash bo`lib bormoqda. Kimdir onasi va yangasini – “opa” desa, ba’zilar otasiga ham, pochchasiga ham, ayrim xotinlar eriga ham – “aka” deb murojaat qilishi kulgili.

ANA ShU GAP
Bekor aytding ana shu gapni,
Sho`rlik endi o`ylab yuradi.
Xavotir-la boshliq oldiga,
Har kun yuz bor kirib turadi…

ANAVI GAP
Anavi gap, manavi gap,
deb qotirma boshimni.
Kerak emas ortiqcha gap,
Borib tergin toshingni.
"+" от:
Старый 16.11.2009 20:30   #69  
Pre Open ID Group
Аватар для Oygul Rasulova
Оффлайн
НУУз им. М. Улугбека
студентка
Сообщений: 121
+ 681  94/81
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Ассалому алайкум устоз Тўлқин домла!
"Қувноқ гаплар" туркумидан бераётган шеърларингизни ўқиб қувнаб кетдим. Бизга дарс ўтганингизда жуда жиддий, қаттиққўл мураббий сифатида таассурот қолдирган эдингиз. Шунча қувноқ шеърларингизни ўқиб анча ҳаяжонга тушдим. Қани эди, дарсларда ҳам шу қувноқлигингиз акс этса (ҳазил).
Устоз, биз бўлғуси тилшунослар учун ажойиб хазина яратганга ўхшайсиз. Шеърлар яна қанча давом этади?
"+" от:
Старый 16.11.2009 23:05   #70  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Taassufki, bunaqa “muomala” san’at sahnalarida ham urchib ketmoqda. Sahnada diolog-u monolog deganlari gap-so`zlardan iborat ekan, unda har bir so`z o`rnida qo`llanilishiga e’tibor berish shart.

ANDAK GAP
Chiday olmas andak gapga,
Sakrab ketar u salga.
Bir maqolda aytilgandek,
O`zi kelar-da halga…

ANDI GAP
Tuzatolmas xatosini,
Hech joyiga qo`yolmas.
Aqli bo`lsa aytarmidi,
Andi gapni, uyalmas...
"+" от:
Реклама и уведомления
Закрыто




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх