Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Закрыто

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 02.11.2009 01:45   #51  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

O`zga tillardan ona tilimizga kirib kelgan so`zlar va o`z navbatida, o`zbek tilidan boshqa tillarga o`zlashgan so`zlarning hisobiga etish mushkul. Zero, turfa tillar ummonidan bahra olgan ona tilimiz jozibasi duru gavharga o`xshaydi.

AYTIB BO`LMAYDIGAN GAP
Aytib bo`lmaydigan gapni,
Aytib nima qilasan?
Gar boshingga balo bo`lsa,
Keyin o`zing bilasan…

AYTILGAN GAP
Otilgan o`q deydilar,
Aytilgan gap-so`zlarni.
Zamonaviy kiyinsa,
Uyaltirmang qizlarni.
Старый 03.11.2009 00:12   #52  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
“XUShXABAR”

Hajviya

Qo`ling bilan bergan qarzingni qaytarib olguncha oyoq ishdan chiqsa-ya. Bu ham etmagandek, qancha vaqt ketib, asabing emirilsa... Bugun ziyofatdan benasib qolishimning sababi ham shu qarz. Boshlig`imiz kotibasi Gulixon tug`ilgan kunini nishonlash uchun tuzagan dasturxonini ko`rib ko`z quvnab turgan mahal telefon jiringlab qolsa deng.
Go`shakni ko`tarsam sobiq jo`ram – Qultoy quruqning tanish tovushi. U xuddi tanga topgan gadodek ovozi hayajonli eshitildi:
– O`rozjon, bormisan, jo`rajon! Tezda etib kel! Masala hal bo`ldi!
– Tinchlikmi,– dedim duduqlanib.– Ochiqroq gapir...
– Oyoqni qo`lga olib yugur!– Buyruqomuz ohangda bidirladi u.– Kelsang bilasan. Zo`r xushxabar bor.
– Qayga boray?
– “Otchopar”da birga ovqatlangan joyimiz yodingdami? Ha-a, xuddi o`sha oshxona yonginasida qurilayotgan tomga suyanib kutyapman seni...
– Tinchlikmi o`zi?– Qaytadan so`radim xushlamay.
– Xushxabar, dedim-ku!– Ovozida qandaydir viqor bor edi.– Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak, desam ishonmaganding. Endi-i, kelmasang o`zingdan ko`r… Shu-u, qo`ldan chiqib ketsa, keyin mendan gina qilib yurma! Ishimiz bitgach, miriqi-ib kabobxo`rlik qilamiz!..
Ikki yil burun qarz berib yuborganimdan buyon ortidan yugurardim. Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim, deganlaridek, qarz olgunicha aylanib-o`rgilishini ko`rsangiz edi. Niyatiga etgach, qorasini ko`rsatmay ketdi. Bir necha oydan beri telefon raqamini o`zgartirib qo`ygan. (Balki shu yo`l bilan jon saqlayotgandir?) Hozir sim qoqishi va gapi ohangidan: “ma, qarzingni ol!” degandek tuyuldi.
Ovqatga taklif qilyaptimi, demak, pul topgan! Qulog`igacha qarzga botgan odamning xushxabari boshqa nima bo`lishi mumkin? Xayriyat…
U ham katta orzular bilan kelgan. Tuppa-tuzik rassomchilikni tashlab, o`zini biznesga urdi. Omadi chopmadi. Savdoning savdolari ko`p ekan. Bozorning burgutlari uni “sindirishdi”...
Bunday payt, har kim boshiga tushgan qorni o`zi bartaraf etadi, deb tomoshabin bo`lib turarmidim? Bitta qishloqdan kelganimiz hurmati, deb hech narsani ayamadim. Biroq, u haddidan oshdi. Faqat o`zimdan olsa koshki, xotini xotinimdan, qizi qizimdan, o`g`li o`g`limdan qanchadir pul olib, oilaviy chuv tushurib ketgan...
Qaysidir yurtda shundoq maqol bor ekan: “qarz bersang ham pulingdan, ham do`stingdan ayrilasan”. Shu kungacha “qarzimni qaytib ololmayapman” deb yugurganlarning ko`pini ko`rdim, ammo “qarzini qaytarish harakatida yuribman” degan zotni uchratmadim...
Tag`in o`zimdan xafa bo`lib ketaman. Shunga shuncha ziqnalik qilishim shartmidi? Arzimagan qarzni deb... Bir hisobda yaxshigina arziydigan pul. Bir oylik maoshimni sanamasdan berib yuborgandim...
Bugun hammasini bitta qilib qaytarsa-ya!
Kotiba qizning hay-haylashiga qaramay jannatiy dasturxonni tashlab, ko`chaga otildim. Jo`ramning ta’biri bilan aytganda, oyoqni qo`lga olgancha “Otchopar” bozori tomon otdek chopdim.
Qultoy o`sha devorga suyanib kutayotgan ekan. Quchoq ochib qarshi olarkan, gapning po`stkallasini aytdi-qo`ydi:
– Manavi imorat bitsa, akang qarag`ayning do`koniga aylanadi! Qalay? Endi oshig`imiz olchi, deyaver!
– Zo`r,– dedim beixtiyor.– Modomiki, do`kon qurayotgan bo`lsang, ishing yurishgani rost ekan! Xushxabar, deyishga arzigulik gap! Faqat…
So`nggi so`zim ichimda qoldi. “Qarzimni qachon qaytarasan?” deyishdan tilimni tiydim. Axir, qarzingni qaytaraman, deb chaqirgan shekilli!..
– Xuddi shu gaping uchun ichamiz!– Nishonga urdi u qo`l tashlab.– Qani, dasturxonga marhamat qilsinlar.
Jo`ramning mamnun chehrasiga boqqach, so`zini erda qoldira olmadim. Avval naqdini ko`raylik. Bitta ziyofatdan quruq qolgan odam bunisini ham qo`ldan chiqarsa insofdan bo`lmas. Jo`ram ishora qilgan oshxona stoli atrofidagi bejirim stulga jimgina o`tirdim. Qultoyning bir ishorasi bilan do`mboqqina oyimcha dasturxonni to`ldirib tashlagach, tavoze bilan so`radi:
– Qanaqasidan ichasizlar?
– “Shirin” arog`idan!– Buyurdi jo`ram haqiqiy mezbonligini namoyish qilib.– Ikki kosa sho`rva, keyin kabob keltiring.
– Xo`p bo`ladi.
Do`mboqning ortidan g`alati qarash qilgan jo`ram o`zicha menga shunday izoh berdi:
– Yangi chiqqan aroqning “doza”si zo`r bo`ladi. Nomi “Shirin” bo`lsa-da achchiqqina savilning sarxush qilishini ko`rasan!
Odam ba’zan aroqqa ham “chanqab” qolar ekan. Ikkinchi “Shirin”ning “ro`moli echilayotgan” paytda xuddi suv ichgan daraxtdek yashnab o`tirardik.
Shu tobda oilamizni qiynayotgan muammo tilimga chiqdi:
– Xudo xohlasa, bugun qarzimizni qaytarib olarkanmiz-da, a?
– Shuni sotib olib, do`kon ochsam, qarzingni qaytarish ham gapmi, kerak bo`lsa, senga berib turaman,– dedi savolimga javoban Qultoy bitmagan binoga ishora qilib.– Buning uchun pul kerak. Yana qarz berib turmasang bo`lmaydi. Qizg`anma, jo`ra, tag`in ozroq ber, ish yurishib ketsa, hammasini bitta qilib olasan! Ko`p emas, ko`kida mingta bilan imorat bitarkan!– U g`alati o`qchidi.– Qizg`anmasang, haqiqiy do`kon bo`ladi. Savdogarlar tili bilan aytganda – oborotga pul kerak. Foydasidan qarzingni tiyinigacha qaytarmagan nomard! Kelishdikmi?– Kayfi oshgan Qultoyning ko`zlari qizarib, tili g`o`ldiray boshladi.– F-faqat k-k-ko`kidan… Q-qani q-qo`lni t-t-tashla-a! T-tirriqlik q-qilsang, q-qarzingni q-qaytarish amrimahol...
Beixtiyor sapchib turdim. Hushim boshimdan uchayozdi.
Tovushim o`zimga ham g`alati eshitildi:
– Iya, hali qarz ustiga yana qarz so`rash uchun chaqirganmiding? Surbet! Bu qanday bedodlik, a? Tag`in, o`zing bosh urib borish o`rniga to`ralardek chaqirishingga kuyaymi? Qanaqa xushxabar ekan, deb ishxonamdagi tadbirni (ziyofatni, deyishni ep ko`rmadim!) tashlab kepman-a?
Qultoy battar g`o`ldiradi:
– O`-o`lmasam q-qarzdan q-qutularman, do`kon yonga q-qolar, j-jo`rajon...
Alam alangasida beixtiyor yoqasidan tutdim. Shu on stol chetida turgan chinni lagan pastga qulab, chil-chil bo`ldi.
– Iy-y, bu nima q-qilganing?– Ko`zlari ola-kula bo`lgancha g`o`ldirardi u.– Urmoqchimisan? Ur, uraqol. Ishonmagin d-do`stingga, s-somon t-tiqar po`stingga, d-deganlari sh-shu ekan-da, a?
Bo`g`zimdan beixtiyor shunday so`zlar otilib chiqdi:
– Qarzimni qaytarib ber, nomard!
– N-nima? N-nomard, dedingmi? K-kim nomard? B-bu haqorating uchun j-javob b-berasan hali!..
Oyoqda zo`rg`a turgan bo`lsak-da stol osha yoqa bo`g`isha boshladik. Hamma narsa ostin-ustin bo`la boshlagach, oshxonadan oshpazlar otilib chiqishdi. Bittasi bilagimni omburdek qisgancha o`shqirdi:
– Xurmachangga sig`sa ich-da, og`ayni!
– Qo`yvoring,– dedim yulqinib.– Manavi ablaxga ko`rsatib qo`yaman!
– Mushtlashadigan joy quridimi senlarga?!– Bilaklari serjun erkak o`dag`ayladi.– Egan-ichganiylar pulini to`laylarda bo`ttan tuyoqlaringni shiqillatlaring!– Keyin u haligi do`mboqqa buyurdi.– Oliya, bular bilan hisob-kitob qil!
Do`mboq shuni kutib turgandek chiyilladi:
– Sindirganlari bilan qo`shib hisoblasak, ellik to`qqiz ming so`m...
Urushqoqlar ustiga nogoh devor qulay boshlasa ne hol yuz berishini tasavvur qilasizmi? Ikkisi darhol birlashib o`sha ofatni daf qilishga otlanadi. Xuddi shunday hozir hisob-kitob qilgan qizga qarata jo`ram ikkimiz jo`rovozda qichqirdik:
– Nima?!
Qultoy tag`in nimadir deb g`o`ldiradi.
Kaminaning kayfim uchib, o`zimcha e’tiroz bildirdim:
– Bizni kim deb o`ylayapsiz?
Qizning qoshlari chimirildi. Yonida devdek savlat to`kib turgan oshpaz og`alariga ishonib, o`zicha katta ketdi:
– Kimligingizni ko`rsatib turibsiz chog`i? Endi adi-badi qilmasdan pulni cho`zing!
Afti-angoridan xo`jayinligi ko`rinib turgan po`rimgina kishi dag`-dag`a qildi:
– Sanlar bilan pachakilashishga vaqtivuza yo`q. Qani, chaqqon-chaqqon to`laylar-da, daf bo`llaring! Bo`lmasa, melisa chaqiravuza.
Tamomila kayfim uchib, Qultoyga qaradim. Shu lahzada uning holati, aniqrog`i, qilig`ini ko`rib etim battar jimirladi. Voy, nomard-ey. Yonida turgan kishining elkasiga bosh qo`ygancha xurrak otyaptimi? Taqdiring qil ustida turganda bu nimasi?! Dunyoni suv bossa, to`pig`imga kelmaydi, degan qabilda parvoyi palak. Melisaning otini eshitgach, bir qimirlab qo`ydi. Sarxush ko`zlarini ochmasdan menga ishora qildi:
– Anavi z-zo`ravon t-to`lasin! U s-sindirdi chinni t-tovog`ingizni. Uv-v-v, quv-v-v, quv-v-v…
Suyab turgan kishi chap berib qolmaganida Qultoyning qusug`idan ust-boshi rasvo bo`lishi aniq edi. O`zini ilkis ortga olarkan, afti bujmaydi.
– Vey-y, hamma yoqni rasvo qildi-yu.– Burunchasini jiyirdi do`mboq qiz g`alati o`qchigancha.– Endi kim tozalaydi buni?
Ko`zlari chaqchaygan semiz oshpaz qo`lini men tomon bigiz qildi:
– Ana, o`rtog`i bor-ku. Tozalamay ko`rsin...
Tomoshatalab odamlar uymalasha boshladi.
Qaydadir ichki ishlar xodimining hushtagi churillagani eshitildi.
Xudo urdi, dedim ichimda. Tirnoqlab yiqqan obro`yim panshaxalab sochilmasa bo`lgani... He, qarzi boshida qolsin...
– Ularga ishing tushsa momongni ko`rasan,– dedi tovush kelgan tomon ishora qilib semiz oshpaz bilagimdan tutgancha.– Bo`yinbog`ingga qaraganda tuzikroq joyda ishlaydiganga o`xshaysa. Hozir bir ishora qilsam, tamom...
Bu kasofatdan qutulishning birdan-bir yo`li tezda hisob-kitob qilib, juftakni rostlash. Xudoga shukrki, maosh olgandim. Mingtalik bir dasta pulni chiqarganim hamono Qultoyning xirillagan tovushi eshitildi:
– Ko`rdiylarmi bu boyvachchani? Pul q-quturtirgan uni! Tag`in uyalmay q-qarz b-ber, deydimi-ey…
Bozorchi xotinlardan biri luqma tashladi:
– Ko`rinishidan tuppa-tuzik odam desak g`irt... ekan-ku.
Uning gapini sochlari pattaygan xotin ilib ketdi:
– Hamma g`irt...lik shunaqalardan chiqadi-da.
– Ustamonligini qarang, bir bechorani ichkizib-ichkizib, keyin qarz so`rabdi-ya...
– Shuytib shilib ketmoqchi bo`lgandir-da...
– Bashsharang qurg`ur...
Sochi menikidan ham kaltaroq erkakshoda xotinning o`zicha so`z o`yini qilib aytgan dag`al gapi hammasidan oshib tushdi:
– Bo`yinbog`i uzun, aqli kalta ekan, va-xa-xa-xa...
Betayin adi-badilardan esankirab qoldim.
Toqati toq bo`lgan oshpaz qo`limdan pulni yulqib oldi-da, haligi qizga uzatdi. Do`mboq qizi tushmagur sanamay sakkiz deydiganlar xilidan ekan. Pulning cho`g`ini ko`riboq oq xalatining katta cho`ntagiga tiqdi. Shu tariqa hamma pullar “aralashib” ketdi. Nega sanamadingiz, deyishga ulgurolmay qoldim. O`sha qizning ko`ngli joyiga tushgani ko`zlaridan ayon bilinardi.
– Uzr,– dedim oshpazning qo`lidan bilagimni bo`shatib.– Bizdan o`tdi...
Murosai madora uchun aytgan gapim unga boshqacha ta’sir qildi. Ortga qarab, kimgadir buyurdi:
– Chelakda suv keltiringlar, o`zlariga yuvdiramiz...
Shu tobda ishlar chuvalashib ketmasligi uchun bundan battar yumushga ham tayyor edim. Ko`nglim ming aynisa-da Qultoyning og`zidan favvoradek otilgan badbo`y narsalarni tozalay boshladim... Beixtiyor ko`nglim aynib, o`zim ham qayd qilib yubordim… Eganlarim burnimdan buloq bo`ldi…
Tomoshatalablar orasida paydo bo`lgan ichki ishlar bo`limi xodimi esa xatti-harakatlarimni kuzatib turdi-da sekingina dashnom bergan bo`ldi:
– Ko`rinishingizdan tuppa-tuzik odamga o`xshaysiz. Uyat emasmi? Boshqa bunaqa qilmang. O`rtog`ingizni hoziroq uyiga eltib qo`ying. Bizdan yordam kerakmi?
O`zimga qolsa, shu qilig`i uchun uni nazoratchining qo`liga jon-jon deb topshirib yuborardim. Yaramasdan qutulganimga hatto shukrona aytardim. Biroq, ko`zlari olachalpoq bu go`rso`xta kimga kerak? “Uyiga eltib qo`ying” deb aslida nazoratchi ham o`zidan soqit qildi, shekilli.
– Bo`pti,– dedim itoatkorona tovushda.– Kerak bo`lsa, elkamda ko`tarib ketaman uni…
Ko`rinishidan qiltiriqqina Qultoy ichganida zildek og`irlasharkan. Uni bekatgacha bazo`r ko`tarib keldim. Bu holatda avtobusga chiqishga yuzim chidamay, taksi yolladim. Metroga yaqin bekatda tusharkanmiz, kira haqi necha so`m bo`lishini so`radim.
– Qancha dedingiz?– Yaxshi eshitmay mashina eshigi oynasidan qayta mo`raladim.– Uch ming so`m?! Atigi bir chaqirimga-ya?!
– Ja-a boyvachchaga o`xshab gapirgandiyiz-ku?– Iddao qildi haydovchi.– Bo`lmasa, avtobusga chiqing edi...
Shunda o`ziga kela boshlagan Qultoy burnini tiqdi:
– Boyvachchaligini to`g`ri topdingiz! Jo`ram unaqa past ketadiganlardan emas, bildiyizmi? Hozir berolmasa, marhamat, ertaga ishxonasiga boring. Kerak bo`lsa, ikki barobar qilib to`lashdan ham qochmaydi. Katta joyda ishlaganidan keyin, o`ziyiz bilasiz. Ish telefoni…
– O`chir,– dedim kaftimni uning og`ziga “qopqoq” qilib.– Sendan birov so`rayaptimi? Og`zingni yum, deyman! Qanaqa odamsan o`zi?!
Shunda Qultoy go`yo eng olijanob odamga aylanib qolsa, deng. Menga shunday pand-nasihat qildi:
– Sumbatu salobatingga yarasha ish qil, og`ayni. Taksichini nega mahtal qilasan? Bu kishim ham xizmat qilsin, ham baloga qolsinmi?
Tishimni tishimga qo`ygancha cho`ntagimda borini chiqarib berdim. Qo`li pulni tutganidayoq mo`ljalni to`g`ri olishga o`rganib qolgan shekilli, u ham boyagi do`mboq qizga o`xshab sanamasdan cho`ntagiga urdi. Xuddi, sadqai odam ket-e, degandek g`alati qarab qo`ygancha mashinaning gazini bosdi.
Bekatda yolg`iz qolgach, Qultoyning ikkala elkasidan mahkam tutgancha o`zimga qaratdim. Gap bilan boplasam bo`lardi. Aksiga olib biror jo`yali gap topolmay qoldim. Baqrayib turgan ko`zlariga boqqancha bazo`r iddao qildim:
– “Xushxabaring” shumidi?
Men bog`dan kelsam, yaramas tog`dan kelsa bo`ladimi? Gapini qarang:
– Hm, do`kon sotib olayotganimni ko`rolmayapsanmi?
Tomdan tarasha tushgandek aytilgan shu gapga yarasha javob qaytarishim uchun Qultoydek pastkash va ablax bo`lishim kerak edi. O`zimni bosgancha jo`ngina savol berdim:
– Qaysi pulingga olmoqchisan?!
– Qarzga!
– Avval boshqa qarzlaringni qaytar,– dedim iltijoli ohangda.– Qarz ustiga yana qarz olishga qandoq yuzing chidaydi?
– Sen chidamasang, mana men chidayman,– dedi go`yo u qarz berayotgandek.– Qarz olishni ham, berishni ham chidaganga chiqargan! He, qarz berganlarni ham enasini...
– Og`zingga qarab gapir!– Tutoqib ketdim shu on.– Nega endi seni odam deb qarz berganlarni haqoratlaysan? Axir, qarzni o`zing olgansan-ku!
– Bo`lmasa, so`raganda ber-da!– Osmondan kelib o`shqirdi xuddi men aybdordek.– Aytdim -ku, yana bersang, ishim yurishardi, do`konli bo`lardim, keyin hammasini bitta qip qaytarardim. Nima balo, g`alchamisan?!
Shu gapi uchun basharasiga qulochkashlab tushurishning iloji bo`lsa koshki edi! O`zimni zo`rg`a bosdim. Og`zidan hamon badbo`y hid anqiyotgan Qultoy bilan adi-badi aytishish befoydaligini anglab, ortga burildim. Erosti yo`li zinalaridan yugurib metroga tushdim. Eh, jetonga ham pul qolmabdi-ku. Endi nima qildim?
Ortimdan soyadek ergashib kelgan SOBIQ jo`ram holimni tushundi, shekilli, g`alati ishshaydi.
– Hm,– dedi ustimdan kulayotganini yashira olmay,– bitta jetonga ham qurbing etmay qoldimi? Kim aytadi seni bo`yinbog` taqib yuradigan odam, deb? Ob-bo, qurumsog`-e.– U cho`ntagini kavlay-kavlay bitta jeton chiqardi-da ko`z-ko`z qildi.– Xayriyat, senchalik mirquruq emasligimni ko`rdingmi!
– Nima demoqchisan?
– Men quruq gap aytmayman,– dedi u o`zini mag`rur ko`rsatib.– Mayizni ham teng bo`lib eyman. Ming qilsayam hamqishloqmiz. Yarim yo`lda tashlab ketadigan nomardlardan emasman. Bundoq qilamiz; men jetonni tashlagan hamono ortimdan izma-iz o`tib ol. Nurning yo`li to`sib turilsa, yigirma kishi o`tib ketsayam bo`laverarkan! Kelining ikkimiz metroga doim bitta jeton bilan o`tib ketamiz. Nazoratchining ko`zini shamg`alat qila olsak, marra bizniki!
Shu on bo`g`zimdan otilib chiqayotgan hayqiriqni to`xtata olmadim:
– Yo`qo-o-ol, yaramas!
Xuddi shuni kutib turgandek sobiq jo`ram er qa’riga singib ketdi…
"+" от:
Старый 03.11.2009 00:41   #53  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Davlatlar chegarasi har qancha mustahkam bo`lmasin, axborot atalmish gap-so`zlar oqimini hech kim to`xtata olmaydi. Shov-shuv deganlari bir zumda kurrai zaminni aylanib chiqadi.

AYTILMAYDIGAN GAP
Ichingda qolib ketsin,
Aytilmaydigan gaping.
Tilingni tiyib yursang,
Tekkani shudir nafing.

AYTIShUV GAPI
Aytishuv ham gap bilan,
Gapsiz aytishuv qayda?
Faqat bunday mavzuni,
Qilib yubormang mayda.
"+" от:
Старый 03.11.2009 00:42   #54  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Дустларим! Камтарона ижодий машкаларимга хам муносабатингизни билдириб борсангиз мамнун булардим.
Старый 03.11.2009 00:43   #55  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от olim Посмотреть сообщение
Taklifingizdan juda hursand bo'ldim. Albatta siz bilan birgalikda ish olib boramiz. __________________
Мана бу бошка гап! Албатта хамкорлик киламиз! Яшанг дустим!
Старый 04.11.2009 20:18   #56  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
UCHRASHUV

Hajviya

Eshitmadim demanglar: kaminaning elkasiga “olaxurjin” osiladigan bo`ldi. Polvon buxgalter biz yuborgan sovchilarga rozi bo`pti! Shanba kuni unashtirish marosimi, kelgusi oyning boshida esa – to`y!
Kelin bo`lmish – Sayyoraxon jaa o`zimbop! Husnu latofati haqida gapirmasam ham bo`laveradi. (Buyog`i o`zimga siylovda!). Ammo, jahli burunchasining uchida turarkan. Ilk uchrashuvimizdayoq menga “Ko`zingiz muncha olma termasa?” deb dashnom bergandi. Rostini aytsam, bir yostiqqa bosh qo`ymasimizdanoq “imperiya” tepasiga xonim chiqib oldilar.
– Bular hali holva,– dedi bir kuni dardimni obdan tinglagan Ro`ziboy jo`ram elkamga qoqib.– To`ydan keyin ko`rasan haqiqiy tomoshani.
– Yo`g`e?!
– Haliyam bo`lsa davringni surib qol...
– Qanaqa «davrim»ni?
– Ko`nglingga yoqqani bilan ayshu ishrat deganlaridek...– Do`stim aytayotgan g`alati «maslahat»lar negadir xush yoqardi. Gapining yakuni jo`yalidek eshitildi.– Bu har bir erkakning boshida bor savdo, oshnajon.
– Bilib qolsachi?
Jo`ram javobni qo`shiq qilib yubordi:
– Bildirmasang bo`lar asal, aksincha bo`lasan kasal, hi-hi...
Chorak asr bilan tenglashib, qizlarga ko`z olaytirgan emasman. Qandaydir oliftalarga o`xshab notanish jononlarning boshini osongina aylantirib ketolmayman. Ochig`i, unaqa ishlarga uquvim yo`qroq. Ammo, jo`ramning sirli gaplaridan etim jimirlardi. Ayniqsa, «Bu hayot qonuni!» degan gapi miyamga muhrlanib qolgan...
Shaharda nima ko`p – ko`zni o`ynatadigan jonon ko`p! Yo`lovchilar bilan gavjum erosti yo`lida bittasini uchratdim! Bay-bay-bay, munaqasi boshqa tug`ilmasa kerak. Naq afsonaviy farishtaning o`zginasi. Olamdagi jamiki go`zallikning jonli timsoli bo`lgan bu go`zal haqiqiy farishtaga o`xshardi. To`lin oydek kulcha yuziga xushbichim burunchasi quyib qo`ygandek, qayrilma qoshlar tagida bir juft quralay ko`zi sehrlab qo`yadi. Kelishgan qomatiga bo`liqqina bilaklari juda monand. O`rim-o`rim sochlari sehrgarning ilonidek to`lg`onadiya...
Bir nuqtaga termulgancha o`y surayotgan asalim shu tobda nimalar haqida o`ylayotgan ekana? Balki u ham kaminaga o`xshab barvaqtroq unashtirib qo`yilganidan afsus chekayotgandir?.. Unga ham Ro`zixolmi, Ro`zigulmi degan biror dugonasi sirli gaplar aytgandir? O`ylamay-netmay qitiq patiga tegib qo`ygandir? Hozir menga ko`zi tushuboq Alpomishni ko`rgandek bo`layotgandir? Men ham unga yoqib qolgan bo`lsama!.. Ana, suqlanib qarab qo`ydi. Voy, kipriklaringdan-ey... Shu tobda Ro`ziboy jo`ramning “nasihat”lari yodimga tushib beixtiyor qo`zg`oldim. Oyoqlarim o`zimga bo`ysunmay qo`ydi. Go`zal qizning yoniga qandoq borib qolganimni bilmayman. Tilim ham jilovdan bo`shalgandek o`zicha bidirlay ketdi:
– Sizni qaerdadir ko`rgandekman, yuzingiz juda tanish...
Farishtani ham dog`da qoldiradigan “go`zal” kaminaga boshdanoyoq nigoh tashladi. Sekin bosh irg`ab qo`ygandek bo`ldi. Uzoq tanishini eslayotgandek silliq peshonasini tirishtirdi. Qoshlari biram chiroyli chimirilar ekanki... Ha, ha, kimgadir o`xshatdi meni! Qandoq zo`r omad! Bunaqa omad hatto o`sha maslahatgo`y jo`ram Ro`ziboyga ham nasib qilmagan bo`lsa kerak!..
Gulduros solib kelayotgan eshelon so`nggi bekatda to`xtab, eshiklari sharaqlab ochildi. Unsiz qo`zg`olgan qizning ortidan ergashdim. Zinalardan odimlab ko`tarila boshladik. To`ppa-to`g`ri Qibray bekatiga keldik.
– Talaba bo`lsangiz keraka?– Gap “uzulib” qolmasligi uchun shunchaki so`radim undan.
Qiz beun bosh irg`adi.
– Qaerda o`qiysiz?
– Universitetda!
– Iya,– universitetimiz bir ekanku! Qaysi fakultetda?
– Geografakda.
– Men esa jurnalistika fakultetini tamomlaganman. Diplomim ham bor! Ismim Xudoyqul. Bo`ydoqman...
So`nggi so`zimni unchalik tushunmagan qiz kamondek kipriklarini menga qadadi! Xuddi shu payt jo`ram o`rgatganidek... lo`ppi yuzidan boplab bo`sa oldim. Shu on yuzimga tushgan shapaloq ko`zimdan olov chiqarib yubordi. Chiroyli qo`lchasi muncha qattiq bo`lmasa?!
– Bu nima qiliq?! Ol qo`lingni! Jinni!..
– K-kechiring...
Gapim bo`g`zimda qoldi. Bekatga kelib to`xtagan “Toshkent-Qibray” avtobusining qo`shtabaqali eshigi ochildi. Qiz ohu kabi bir sakrab avtobusga chiqdi. Ortidan arslondek otilib chiqdimu... tosh qotdim. Afsuski ortimga burilib qochishning ham fursati o`tgan. Eshiklarini o`shanday sharaqlatib yopgancha joyidan jilgan avtobusda Sayyoraxonim qaqqayib turardi.
O`rtadagi “yo`lak”chada turgan xonimning qulog`iga qiz nimadir deb shivirladi.
Bo`lg`usi xotinim yalt etib ko`zimga qaradi...
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 04.11.2009 20:32   #57  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Birov eshitmasin, degan gapni ham “devorning qulog`i” eshitadi. Bu “quloq” internetning beqiyos “tili”ga tutash. Shu o`rinda bir hushyortalab gap: Haqiqat etigini kiygunicha Yolg`on yarim dunyoni aylanishga ulgurar ekan...

AYYUHANNOS
Ayyuhannos solib aytar,
Ba’zi gapni chapani.
Muomala qilmagan-chun,
Yirtilgan-da choponi!

AYYA-YA GAP
Kichkintoylar tilida,
Ayya-ya gap – uyatdir.
Beg`ubor bolalikda,
Hammasi – hurriyatdir.
"+" от:
Старый 05.11.2009 22:59   #58  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Bebaho gaplarimizdan g`arazli maqsadlarda foydalanadiganlar ham kam emas. Qanchalik ichiqoraligi qora ko`zoynagida aks etib turgan ayrim kimsalarning gumashtalari har qadamda gap poylab, ulardan o`zimizga qarshi mafkuraviy qurol sifatida foydalanishga chiranadilar. Buni – axborot xuruji, deydilar...

AYQASH-UYQASH GAP
Ayqash-uyqash gap aytadi,
Uyqisirab ba’zilar.
Chorasini topishadi,
Kerak bo`lsa qozilar.

AKILLAGAN GAP
Akillagan gapini,
U javradi akillab.
Xatosini anglagach,
O`zi qoldi likillab.
"+" от:
Старый 06.11.2009 20:04   #59  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Qarang, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar har kuni o`zbek tilida muttasil radioeshittirish tayyorlab, uni o`zimizga eshittirishga, pirovardida, sodda kishilar, ayniqsa, dunyoqarashi endi shakllanayotgan yoshlar ongini zaharlashga chiranadilar.

ALAM QILADIGAN GAP
Qancha alam ichra yuramiz goho,
Alam qiladigan gapni eshitsak.
Balki xumoridan chiqib qolarmiz,
Uning rahbariga sekin shipshitsak…

ALAMLI GAP
Alamli gap almingni,
Keltirganda siqilma.
Shunaqa gap aytganlarga,
Yaqinlashma, tiqilma.
"+" от:
Старый 07.11.2009 14:30   #60  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Demak, har bir gap o`ta hushyorlik talab etadi! Odam har bir gapi uchun javob berishini unutmasligi kerak. Bu javobgarlik haqida muqaddas kitoblarimizda ham qayd etilgan.

ALAHLAGAN GAP
Alahlagan gapi shu,
Uyqusida bir bola,
Qiz bevafo ekan, deb
Qilib yotar u nola...

ALAHSIRAGAN GAP
Alahsiragan gapin,
Eslay oldi u arang.
Nimalar deb qo`yganin,
Bilgach bo`ldi xo`b garang.
"+" от:
Закрыто




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх