Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Закрыто

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.10.2009 23:43   #31  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Hamma “inga”lab tug`iladi, pichirlab o`ladi.
Inson ko`p ishga ulgurmasa-da umri bo`yi gapiradi va tinglaydi.
Bemorga shifokorning dorisidan ko`ra ko`proq gapi malham.
Tili shirin xotinning eri hech qachon kasal bo`lmaydi.
Tilini tiymagan xotin tul qoladi...
Birov topib, birov qopib gapiraveradi.
ADOG`I YO`Q GAP
Adog`i yo`q gaplar ko`p,
Mish-mishdan ham ziyoda.
Jilovlashning ilojin,
Topolmaysiz dunyoda.

AYОVSIZ GAP
Avval boshda o`ylamadi,
Qiz o`zining taniga.
Ayovsiz gap aytilmoqda,
Endi uning sha’niga.
"+" от:
Старый 21.10.2009 21:44   #32  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Dunyoda biror ish gap-so`zsiz bitmaydi! Dunyo taraqqiyotida ilg`or fikrlar hosilasi bo`lgan gaplar o`rni alohida!
Aqli raso insonlar gap-so`z bo`lishdan qo`rqib yashaydilar...
Boshlig`ining bir og`iz gapidan miyasiga qon quyilib ketganlar qancha?
Gap bo`lmasa, janjal ham chiqmaydi.
Gapsiz na quvonch, na baxtga erishasiz...

AYOLLARBOP GAP
Ayollarbop gapni faqat,
Tinglasinlar ayollar.
Gar erkaklar eshitsa-chi,
Parokanda xayollar.

AYOLLARNING GAPI
Ayollarning gaplaridan,
Aylanadi dunyo ham.
Ayollarga ta’zim qilsa,
Bo`lmas dunyo biri kam…
"+" от:
Старый 21.10.2009 21:48   #33  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
2009 йил 22 октябрь куни соат 14.00 да Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университети Маданият саройида "Талабаликка багишлов" деб номланган анжуман булади. Унга форумимизда фаол иштирок этишаётган барча дустларимни таклиф этаман.
Старый 21.10.2009 21:49   #34  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
"Талабаликка багишлов" анжуманига багишлаб ёзган шеърий табригимни изхор этмокчиман.

ULUG`BEK IZDOSHLARI

Ulug`bekning izdoshisan,
Matematik talabam!
Bobokaloning ilmini,
Teran anglagin, bolam.

Ulug`bekning yulduzini,
Geograflar izlashar.
Ko`raganoy sabog`idan,
Yosh fiziklar so`zlashar.

Ona erning qa’rini ham,
Geologdan zo`r bilgan.
Tuproq ilmin barini ham,
Biologdan zo`r bilgan.

Iqtisodchi xazinasi,
Kitobida bitilgan.
Kimyogarlar mo`’jizasi,
Ulug`bekdan kutilgan.

Shu “To`rt ulus tarixi”ni,
Tarixchilar o`rganar.
Juda zukko talabalar,
Ilm yo`lida o`rtanar.

Ko`p tillarni bilgani rost,
Bobokalon alloma.
Ey, xorijiy filologlar,
Sizga bo`lsin bu noma!

Xo`b donishmand edi asli,
O`zin falsafasi bor.
Yosh faylasuf do`stlarimga,
Buyuk ajdod ruhi yor!

O`z davrining qonunlarin,
Bo`lgan edi sultoni.
Huquqshunos talabalar,
Sizda Ulug`bek qoni!

Bitgan barcha asarlari,
Filologlarga saboq.
Ijod yo`lin yoritguvchi,
Jurnalistlar-chun chiroq.

Ey, Ulug`bek izdoshlari!
Buyuk ajdod naslisiz.
Oqqan daryo oqqan misol,
Bir kun uning aslisiz!

To`lqin EShBEK,
Mirzo Ulug`bek nomidagi
O`zbekiston Milliy universiteti
Axborot xizmati rahbari

Последний раз редактировалось Tulqin Eshbekov; 21.10.2009 в 21:53.
Старый 22.10.2009 22:33   #35  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Dunyodagi eng boy-badavlat odam ham yaxshi gapning gadosidir.
Yaxshi gapga ot, it, mushuk va boshqa jonivorlar ham erkalanadi.
Har bir insonni so`nggi manzilga kuzatish esa gap-so`zsiz bo`lishi mumkin emas. Rozi-rizolik, vasiyat qilish, aytib yig`lashlar, janazadan tortib, hatto qabristondan qaytishdagi “Yaxshi odam edi” deyishlar, so`ng behisob tilovatlar yurakka taskin beruvchi gaplardir! U dunyoda ham gapdan qutulmas ekanmiz. Munkarnakir bilan savol-javob bo`lar emish...

AYOLCHA GAP
Ayolcha gap aytmas Ayol,
Ta’na – erkaklar uchun.
Ba’zi erlar gapi bilan,
Ko`rsatib yurar kuchin...

AJI-BUJI GAP
O`zi mujmal odamning,
Aji-buji gapi mo`l.
Undan yiroq yurmasang,
Boshingga yog`dirar do`l.
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 22.10.2009 22:36   #36  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Дил дафтаримда шундай сатрлар пайдо булмокда: адабиёт бор булсин, дурдона асарлар барчангизга ёр булсин!
"+" от:
Старый 24.10.2009 15:36   #37  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Hayot atalmish mo`’jizaning ibtidosidan intihosigacha gap! Shunday ekan, doimo ma’nili gapirishni o`rgansak nur ustiga a’lo nur bo`larmidi!
Gapga bo`lgan ehtiyojimizni qondirish maqsadida mudom televizor, radio (bir nechta kanallari orqali!) gapirib turadi. Kamlik qilsa, xorij radiosiga quloq tutamiz. Bu “ehtiyojimiz”ni bilgan ayrim ichiqoralar shunday paytda ustamonlik bilan axborot xuruji qilib qolishlaridan ham ko`z yuma olmaymiz...

AZALIY GAP
Gar mag`zini chaqib ko`rsang,
O`zi teran bir tarix.
Azaliy gap azal sirin,
Oshkor qilar, vo darig`!

AZIZ GAP
Aziz odam so`zlari ham,
Aziz gapdir biz uchun.
Shundoq aziz gap-so`zlarning
Qadrin bilmas u nechun?
"+" от:
Старый 26.10.2009 11:32   #38  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
2009 йил 22 октябрь куни соат 14.00 да Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университети Маданият саройида "Талабаликка багишлов" деб номланган анжуман булади. Унга форумимизда фаол иштирок этишаётган барча дустларимни таклиф этаман.
Anjuman to'g'risida bu yerda tanishishlaringiz mumkin.

Последний раз редактировалось olim; 26.10.2009 в 11:35.
Старый 26.10.2009 22:45   #39  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Kutilgan gap bo`lmagach, magnitafon, videoning qulog`ini buraymiz. Undan keyin o`zimizga o`zimiz gapirib o`tiramiz. Ochlikka chidash mumkin, ammo gapsiz yashay olmaymiz. Hamma narsadan nafsimiz qonadi, biroq gapga to`ymaymiz! “To`ydim” deydiganlar ham boshqa gaplarga tashna!

AYBLI GAP
Aybli gap aytib qo`ydi,
Aybin yashiraman deb.
Endi vijdon qiynaladi,
Yurar ta’zirini eb.

AYYORONA GAP
Tulkisimon odamlardan,
Ayyorona gap chiqar.
Hushyorlikni yo`qotsang gar,
Tiriklay go`rga tiqar…
"+" от:
Старый 26.10.2009 22:51   #40  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от olim Посмотреть сообщение
Anjuman to'g'risida bu yerda tanishishlaringiz mumkin. __________________ www.uzmu.zn.uz
Салом азиз Олимжон! Сиз ушбу хабарни берганингиздан мамнунмиз. Келгусида бундай хайрли ишларни УзМУ ахборот хизмати билан бамаслахат амалга оширсангиз нур устига аъло нур буларди.
УзМУ ахборот хизмати университет бош биноси 61-хонасида жойлашган. Хар куни соат 15.00 да мени шу ердан топасиз.
Сизга ижодий зафарлар ёр булсин.
"+" от:
Закрыто




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх