Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 25.10.2010 15:40   #31  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
ҚАЙТАР ДУНЁ

Ширакайф уч оғайни нимқоронғуда "Мўъжиза" деб номланувчи чойхонадан чиқишди.
- Машинани йўлнинг у четига қўйганман, - деди Нодир тишлари орасидан "чирт" этиб тупуриб. - Йўл-йўлакай сизларни уй-уйларингизга ташлаб ўтаман. Улар катта йўлни кесиб, дарахтлар орасидан ўтишаётганда, ногиронлар аравасидаги бир кишини таёғи билан ўтларни пайпаслаётганини кўришди.
- Ие, бу одам нима қилиб, адашиб юрибди, - деди Нодир беписанд.
- Кечирасизлар, жўралар, - деди ожиз киши. - Адашиб қолдим. Маҳаллот кўчаси томон йўлга солиб юборсанглар, илтимос.
-Тавба, ўзинг кўр бўлсанг, қоронғуда кўчада бало борми, - деди Нодир ғудраниб, - Мана бу томонга юрасиз, - дея тескари томонга буриб юборди уни.
- Бекор қилдинг, - деди Жамшид, - ахир, ожиз одам бўлса...
- Иккинчи бемаҳалда кўчаларда тимирскиланиб юрмайди.
- Балки бирор ҳожат билан чиққандир.
- Ташвишини ейишни қўй ўшани. Яна суриштириб ўз йўлини топиб олар...
Улар машинага ўтириб, кўздан ғойиб бўлишди. Бу воқеа уларнинг ёдидан ҳам чиқиб кетган эди, лекин... Орадан уч ой ўтиб Нодирнинг хотинини тўлғоқ тутиб, туғруқхонага олиб келишди. Шифохона эшиги олдида машина калитини ўйнаб келаётган Нодирга онаси дуч келди.
- Ҳа, онажон, сизни набира билан табрикласам бўладими?
- Болам, хуеук хабар. Хотининг ўғил туғди. Лекин бола ногирон, икки кўзи ҳам ожиз. Ҳайронман, бизнинг уруғдан бундайлар ўтмаган.
Нодирнинг вужуди титраб, қулоқлари ғувиллай бошлади. Беихтиёр кўз олдида ўша аравачадаги ногирон одам гавдаланди. Тили айланмай тошдай қотиб қолди...

Исмоил Тўхтамишев. "Идрок" тақвимидан, 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 25.10.2010 19:50   #32  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Payg'amabarimizga (s.a.v) ikkalasi ham aytiladi deganingiz xato...fikrimni yuqorida bildirdim...
rahmat, sizni tushundim albatta nega xatoligi haqida dalil bo'lsa yaxshi bo'lardi, menga ham. Biron hadis yo allomalar fikridan keltira olasizmi, mumkin bo'lsa? Chunki mantiqan (a.s. - bu unga salom bo'lsin degani, menimcha) shunchaki salom yo'llash va bu Payg'ambarimiz Mustafo (s.a.v) ga ham nisbatan lozim bo'lsa kerak deb o'ylaganman. Lekin dalilim yo'q meni, uzr. Bu shaxsiy fikrim. Shu sabab bu fikrim xatoligini tasdiqlab olmoqchi edim..
Oldindan tashakkur
Men bu postimni noo'rin so'z "xato" deganim uchun o'chirib yubrogandim, siz esa chaqqonlik qilib javob yozibsiz...

Qisqasi a.s Payg'ambarimizga ham ishlatilishi mumkinligini hech ham eshitmagan va o'qimaganim uchun mantiqqa tayanib yozgan edim...
Aslida esa, a.s yoki s.a.v ( ya'ni Alloh unga salot va salom yuborsin degani), yoki a.s.v. ya'ni Salot va salom uning ustiga yog'ilsin degani-hammasi qisqa salovotlarga kiradi, qaysikim ular vojib salovotlar, ya'ni Ul zotning ismlari zikr qilingan payt keltiriladigan qisqa salovotlardir...

Salovot va salom keltirishdan asosiy maqsad esa Alloh va uning Rasulini mamnun etishlikdir. Shu yo'l, ya'ni salovot aytishlar orqali Inson o'zini jahannam azobidan uzoqlashtira olish imkonitiga ega bo'ladi. Rasullolh hazratlariga keltirilgan har bir salovot U zot uchun ta'zim bajo aylash ma'nosini beradi.

qisqa yozsam, alayhis salom deb, bandalar aytganini o'qimaganim uchun "xato" dedim, qaysikim a.s ham salovot turiga kirsa, demak, xato emasu, ammo iloji boricha kengroq va unda-da kattaroq salovot qancha aytsa kishi, shuncha savobni oladi...
Men manbalarga qarab chiqidim, u yerda a.s deb faqat Jabroi (a.s),ya'ni farishta, Ey Muhammad a.s deb aytgan murojaatini ko'rdim....
qolgan ulomalar,olimlar, bandaar ,asosan, s.a.v deb salovot keltiradilar...

Xullas, xato emasu, ammo aytilmaydi a.s deb, aytilsa ham xato bo'lmaydi...
Ответить 
"+" от:
Старый 26.03.2011 17:57   #33  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Pokiza bir marddan aylay hikoyat,
Quloq sol gar bo'lsang mard pok tabiat.

Shibli shayx kappondan olib xalta don,
Orqalab jo'nadi qishlog'i tomon.

Ko'rdi bug'doy ichra bitta chumoli,
O'zin har yon urar parishon holi.

Tun bo'yi uxlamay g'amini yedi,
Joyiga qaytarib keltirib dedi:

"Muruvvatdan ermas chumolini gar,
Joyidan ajratib etsam darbadar!"

Darbadarlarni jam aylasang mudom,
Sening ham xotirang jam aylar ayyom.

Na xush so'zlar demisch Firdavsiy pok zod.
Rahmat yo'g'ib go'ri xo'p bo'lsin obod.

"Yukkash chumoliga bermagil ozor,
jon shirin, uning ham shirin joni bor.

Zaifga zulm etib zo'ravon bo'lma,
chumolidek bir kun notavon bo'lma.

Ojiz yiqilganlar dilini shod qil,
ojizlik kunlarni o'zing ham yod qil.

Parvona holiga achinmayin sham,
oxir kuyib ado bo'lur o'zi ham.

Sendan ojizlar ko'p atrofingda jam,
Sendan kuchlillar ham emasdirlar kam.

Kechir, ovga chiqmoq esang, ey o'g'il,
vahshiyni ham ehson bilan rom qilg'il.

Yovni arqonlasang iltifotingdan,
bu bandni kesolmas qilichi bilan.

Do'stni dushman etar har yomon qiliq,
Yomonlik tuxmidan chiqmas yaxshilik.

Do'st boshiga solsang anduh-alam bas,
Diydoring ko'rmoqni qilmag'ay havas.

Kimki dushmaniga yaxshilik etar,
ajabmas g'animi do'st bo'lib ketar.


Mirzo Bedil.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх